Toshkent shahrida tunda harakatlanadigan avtobuslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

E’lon qilingan sana· 158
Toshkent shahrida tunda harakatlanadigan avtobuslar yoʻlga qoʻyilishi mumkin

Toshkent shahrida soat 22:00 dan ertalab 06:00 gacha harakatlanadigan tungi avtobuslar yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu prezidentning 2022-yilda qabul qilingan 232-sonli qarorida ko‘zda tutilgan. Taklifga ko‘ra, avtobuslar aeroportlar, temiryo‘l vokzallari, metro bekatlari, tundagi turizm ko‘chalari, savdo va ko‘ngilochar markazlar, yirik dehqon bozorlari, talabalar yotoqxonasi va shifoxonalar orqali harakatlanadi.

Umumiy hisobda 15 ta yo‘nalish ikki bosqichda, oraliq intervali dastlab yarim soatni tashkil etgan holda tashkil etiladi. Ma’lumotlarga koʻra, chipta narxi kunduzgi bilan bir xil boʻladi. Bundan tashqari, Turizm komissiyasi tomonidan narxni qimmatroq qilish bo‘yicha takliflar bo‘lgan.

Shuningdek, Toshkent shahri hokimiyatidan avtobuslarni alohida qizil rangga bo‘yash taklifi bo‘lgan. Avtobus yo‘nalishlari raqamlari ham T1, T2, ya’ni “tungi avtobus” sifatida belgilanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling