Foto: Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlandi

E’lon qilingan sana· 188
Foto: Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi qurilishi yakunlandi

Toshkentdagi Olimpiya shaharchasi — 100 gektardan ortiq maydonni egallagan keng ko‘lamli sport majmuasi qurilishi nihoyasiga yetkazilib , xalqaro standartlarga muvofiq ravishda amalga oshirilgan.

Shahar hududida beshta asosiy sport inshooti joylashgan.

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi talablariga to‘liq javob beradigan velodrom. Uning qoplamasi pishiq yog‘och turlaridan tayyorlangan bo‘lib, ichki qismida doimiy harorat saqlanadi. Yoritish tizimi esa sportchilar va tomoshabinlar uchun qulay tarzda o‘rnatilgan. Tribunalarning sig‘imi 2200 kishini tashkil etadi. Velodrom koʻp funksiyali — unda stol tennisi va qilichbozlik musobaqalarini ham oʻtkazish mumkin.

Majmua markazida 12 ming o‘rinli stadion qurildi. Unda yengil atletikaning 48 turi bo‘yicha musobaqalar, jumladan, jahon chempionati, Brilliant ligasi, paraatletika bahslari, ko‘zi ojizlar o‘rtasida IBSA o‘yinlarini tashkil etish mumkin. Qolgan vaqtda stadion yigʻinlar uchun foydalaniladi.

Suv sporti saroyi suzish, suvga sakrash, sinxron suzish, suv polosi uchun basseynlar mavjud. Uning oʻlchamlari va shartlari xalqaro Olimpiya standartlariga toʻliq mos keladi. Tribunalar 2 mingdan ortiq tomoshabinga moʻljallangan.

Shuningdek, Olimpiya shaharchasida har biri 2000 tomoshabinni sigʻdira oladigan oʻyin sporti va jang san’ati uchun zamonaviy majmualar qurilgan. Ulardavoleybol, basketbol,gandbol, dzyudo, boks va taekvondo bo‘yicha musobaqalar o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, hududda futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletik uchun 15 ta ochiq maydon mavjud; paralimpiyachilar uchun 400 o‘rinli yotoqxona, sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi qurilmoqda.

Majmuaning barcha inshootlari energiya samaradorligini hisobga olgan holda loyihalashtirilgan — avtoturargohlarga quyosh panellari o‘rnatiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling