"Afrosiyob" poyezdlarida Wi-Fi xizmati ishlay boshladi

“Afrosiyob” tezyurar poyezdlarining har bir vagonida Wi-Fi xizmati ishlay boshladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tarmoqqa ulanish uchun telefon raqami oorqali roʻyxatdan oʻtish lozim. Keyin yo‘lovchilar quyidagi imkoniyatlardan foydalana oladi:
- ichki media-portalga kirish imkoniyati — sayohat davomida filmlar tomosha qilish, musiqa tinglash va turli kontentlardan bahramand bo‘lish;
- internetdan foydalanish — dastlabki 30 daqiqa mutlaqo bepul.
Gazeta.uz nashrining xabar berishicha, internetdan bepul 30 daqiqadan ortiq foydalanish tariflari quyidagicha:
- 48 soat — 15 ming so‘m;
- 7 kun — 25 ming so‘m;
- 30 kun — 50 ming so‘m.
Ma’lumot uchun, Wi-Fi tarmogʻi “Afrosiyob” poyezdlarining har bir vagonida va uning barcha yo‘nalishlarida ishlashni boshlagan.
"Afrosiyob" poyezdi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tishni boshladi
Ta'kidlanishicha, bugun Kattaqo‘rg‘on bekatida ilk yo‘lovchilar tantanali ravishda kutib olingan.
"Afrosiyob" poyezdlari uchun chipta narxlari yana oshiriladi
2024-yil 15-maydan boshlab yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlarining chiptalar narxlari barcha toifalar uchun oshiriladi.