Oʻzbekistonliklar Mustaqillik kuni bayramida necha kun dam oladi?

E’lon qilingan sana· 145
Oʻzbekistonliklar Mustaqillik kuni bayramida necha kun dam oladi?

Oʻzbekistonda 1-sentyabr — Mustaqillik kuni munoabati bilan 5 kunlish ish haftasida ishlovchilar qatorasiga 3 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar esa 2 kun dam oladi. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga koʻra, dam olish kunlari quyidagicha taqsimlangan:

  • 30-avgust (shanba) — 5 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun dam olish kuni, 6 kunlik ish haftasida ishlovchilar uchun ish kuni;
  • 31-avgust (yakshanba) — barcha uchun dam olish kuni;
  • 1-sentyabr (dushanba) — dam olish kuni.

“Qoʻshimcha dam olish kunlari belgilanmagan va dam olish kunlari koʻchirilmagan”, — deyiladi Bandlik vazirligi rasmiy xabarida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling