Sergeli tumanidagi ba'zi koʻchalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi
E’lon qilingan sana: · 75

Sergeli tumanida 2025-yil tunu-kun faoliyat yuritadigan gastronomik ko‘chaning ochilish tadbirlari munosabati bilan avtomobillar harakati cheklanadi. Bu haqda Sergeli tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:
- Sug‘diyona ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir va Bag‘rikeng ko‘chalari kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
- Jaloyir ko‘chasining Sug‘diyona ko‘chasi kesishmasidan Obihayot ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi;
- Obihayot ko‘chasining Yangi Sergeli ko‘chasi kesishmasidan Jaloyir ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan qismi.
Cheklov muddati 22-avgust soat 18:00 dan 23-avgust soat 00:00 gacha davom etadi. Hokimiyat fuqarolar va haydovchilardan ushbu vaqtda muqobil yo‘llardan foydalanishlarini soʻradi.