Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandi

E’lon qilingan sana· 385
Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov "O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti" unvoni bilan taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Farmon bilan quyidagilar “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi:

  • Mirxadiyev Karim Xusanovich — O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi a’zosi, kino va teatr aktyori;
  • Rametova Saida Xodjiyevna — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori;
  • Sayidov Toxir Samandarovich — O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori.

Xonanda Jahongir Foziljonov, baletmeyster Zarina Ahmedova, aktyor Ilhom Berdiyev va balet artisti Otabek Roʻzmetovlarga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni berildi.

Madaniyat vaziri va xonanda Ozodbek Nazarbekovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni topshirildi. O‘zbekiston davlat satira teatri direktori, badiiy so‘z ustasi Mirzabek Xolmedov “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlandi.

“Men oʻzimni sevaman” qoʻshigʻi bilan koʻpchilikka tanish boʻlgan Tohir Mahkamov “Doʻstlik” ordenini qabul qilib oldi. Xuddi shu orden aktrisa Yulduz Rajabova, aktyor Boir Holmirzayev va xonanda Lolaga ham berildi.

“Akaxonlarim” taronasi bilan tanilgan Muhammadziyo, “Dizayn” kulgu guruhi a’zo Dilshodbek Musabekov, “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.

Ushbu farmon bilan taqdirlanganlarning toʻliq roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

Yuqoridagi farmon bilan bir vaqtda yana bir yana bir farmon e’lon qilindi. U O‘zbekistonda ilm-fan, adabiyot, madaniyat va san’at sohalarini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shgan bir guruh marhum olim va ijodkorlarni mukofotlash to‘g‘risida boʻldi.

Unga koʻra, bir guruh marhum shoir, aktyor, olim va arboblar “Fidokorona xizmatlari uchun” taqdirlandi:

  • Aripov Uktam — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, jarroh olim;
  • G‘afurov Vali — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, adib;
  • Jalolov To‘xtasin — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, adabiyotshunos olim, tarjimon;
  • Kabulov Vasil Kabulovich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, kibernetik olim;
  • Qosimov Begali — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, jadidshunos olim;
  • Muxamedov Quddus (Quddus Muhammadiy) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri;
  • Parfiyev Tursunali (Rauf Parfi) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri;
  • Radjapov Murad Yadgarovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, aktyor;
  • Rustamov Alibek Rustamovich (Alibek Rustamiy) — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, adabiyotshunos olim;
  • Sulaymonov To‘ra (To‘ra Sulaymon) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri;
  • Tuxtasinov Mamirjon Salimjonovich — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, xonanda;
  • Xalikov Muxritdin Djalalitdinovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Xamraboyev Ibragim Xamraboyevich — O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, akademik, geolog olim;
  • Yusupov Muhammadjon (Muhammad Yusuf) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri.

Shunindegk, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan quyidagilar taqdirlandi:

  • Akilova Viloyat Isaxarovna — O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, baletmeyster;
  • Axmedova Rimma Ashurovna — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, teatr aktyori va dublyaj ustasi;
  • Vaxobov Ismoil — O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi;
  • Madaliyev Oxunjon Nusratovich — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist, xonanda;
  • Nazarov Anarkul Mamadovich (Anor Nazarov) — O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi, kompozitor;
  • Obitjonov Anvarjon (Anvar Obidjon) — O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri.

Farmon bilan “Diydor” teatr-studiyasi badiiy rahbari Bahodir Yoʻldoshevga esa “Doʻstlik” ordeni topshirildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling