Andijon sahnasida Mustafa Sandal, Arash va boshqalar: III "Dunyo sadolari" festivali boʻlib oʻtdi (foto)

E’lon qilingan sana· 89
Andijon sahnasida Mustafa Sandal, Arash va boshqalar: III "Dunyo sadolari" festivali boʻlib oʻtdi (foto)

Andijon viloyati Xonobod shahrida 15−17 avgust kunlari III “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali bo‘lib o‘tdi.

Qayd etilishicha, festivalga nafaqat Oʻzbekistondan, balki qoʻshni davlatlardan ham sayyohlar kelgan. Shuningdek, festival davomida Turkiyadan Mustafa Sandal, Erondan Arash, Italiyadan In-Grid, Hindistondan Alisha Chinai hamda mashhur “Arabesque” guruhi ishtirok etdi.

Bundan tashqari, o‘zbek estrada yulduzlari sahnada jonli ijro namoyish etdi. Sahna atrofida esa madaniy ko‘rgazmalar, milliy oshxona festivallari, hunarmandchilik yarmarkalari va sport musobaqalari tashkil etildi.

Ma’lumotlarga koʻra, uch kun ichida 600 mingdan ziyod mehmon tashrif buyurgan. “Dunyo sadolari” nafaqat milliy san’at bayrami, balki Xonobodning zamonaviy turizm yo‘nalishidagi yangi brendiga aylandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling