Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
E’lon qilingan sana: · 131

Sentabr oyining ilk dam olish kunlari, 6−7 sentabrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq havo saqlanib, havo harorati kunduzi +30…+35 daraja, ba’zi joylarda +37 darajagacha koʻtarilib, kechasi va ertalab +17…+22 daraja bo‘ladi.
5−6 sentabr kunlari respublikaning ba’zi hududlarida shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahida havo kam bulutli bo‘ladi. Harorat juma kunduzi +35…+37 daraja, shanba va yakshanba kunlari esa +33…+35 daraja bo‘ladi, kechalari +18…+20 darajaga tushadi.