Toshkentning Bunyodkor koʻchasida Gastro fest boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 216

13 va 14-sentyabr kunlari Toshkent shahrining Bunyodkor ko‘chasida yirik gastronomik va ko‘ngilochar tadbir — Gastro fest bo‘lib o‘tadi.
Tashrif buyuruvchilarni mahalliy va xalqaro taomlar taqdimotlari, pazandalik shoulari va mahorat darslari, shuningdek, taniqli san’atkorlar — Yulduz Usmonova, G‘aybulla Tursunov, Ozoda Nursaidova, Jahongir Poziljonov, “Sitora” guruhi va boshqalarning chiqishlari kutmoqda.
Bolalar va kattalar uchun oʻyin va interaktiv maydonlari, fotozonalar va maxsus dam olish joylari mavjud boʻlib, bu bayramni butun oila uchun qulay va qiziqarli qiladi.