Maker Faire Tashkent 2025: g‘oyalar va texnologiyalar festivali Toshkentda bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 158
Maker Faire Tashkent 2025: g‘oyalar va texnologiyalar festivali Toshkentda bo‘lib o‘tadi

2025-yil 4–5 oktyabr kunlari American University of Technology’da ixtirochilar va texnologiya ixlosmandlarining festivali — Maker Faire Tashkent bo‘lib o‘tadi.

Festival muhandislar, dasturchilar, dizaynerlar, rassomlar va havaskor ustalarni birlashtiradi. Dastur davomida robototexnika va elektronika sohasidagi loyihalar, ilmiy tajribalar va eksperimentlar, 3D chop etish va dizayn, san’at va hunarmandchilik, Lego va virtual reallik taqdim etiladi.

Meykerlar ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tib, o‘z loyihalarini keng auditoriyaga taqdim etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish havolasi. Festivalga kirish bepul.

Maker Faire ilk bor 2024-yilda Toshkentda o‘tkazilib, o‘nlab meykerlar va yuzlab mehmonlarni jamlagan. Festival innovatsiyalar namoyishi, g‘oyalar almashish va ijodiy maydonga aylanib, keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otdi.

Festival haqidagi yangiliklar Telegram va Instagram sahifalarda berib boriladi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling