Shota Rustaveli koʻchasi rekonstruksiya qilinganidan keyin avtobus yoʻnalishlari soni 40 foizga oshadi

Yo‘lovchilar avtobus bekatida ko‘pi bilan 7 daqiqa kutishlari kerak bo‘ladi.
Toshkentda Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish ishlari davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida avtobus yo‘nalishlari soni 40 foizga oshishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, dasturda avtomobillar uchun yoʻlaklar sonini qisqartirish koʻzda tutilgan: 6 tasi avtomobillar uchun, 2 tasi avtobuslar uchun va yana 2 tasi toʻxtash joylari uchun ajratiladi.
Ko‘chada 11 ta avtobus bekatlari, 500 ga yaqin avtoturargohlar, velosiped yo‘laklari, 21 ta piyoda va velosiped o‘tish joylari tashkil qilinadi.
Avtobus yoʻnalishlari soni 40 foizga (2069 tadan 2868 tagacha) koʻpayadi, bu esa yoʻlda 25 daqiqadan 18 daqiqagacha qisqarish, shuningdek, oʻrtacha tezlikni 18,5 dan 23,6 km/soatga oshiriladi. Oraliq interval qisqargani hisobiga, yo‘lovchilar avtobus bekatida ko‘pi bilan 7 daqiqa kutishlari mumkin.