Buxoro zamonaviy san’at biyennalesi

Buxoroda “Qalblar dardiga darom” nomli birinchi zamonaviy sanʼat biyennalesi boʻlib oʻtmoqda.
Dasturda koʻrgazmalar, gastronomik tadbirlar, mahorat darslari, simpoziumlar, musiqiy va she’riyat chiqishlari mavjud.
Tadbir Buxoroning qayta tiklangan tarixiy maskanlari — Xo‘ja Govkushon ansambli, Ayozjon, Ulug‘bek tamokifurus, Ahmadjon, Fathullajon karvonsaroylari va Rashid madrasalarida bo‘lib o‘tmoqda.
Shaharning arxitektura va hunarmandchilik merosini aks ettiruvchi bu joylar yangi madaniy tajribalar uchun makondir.
“Oshqozon” kafesi alohida oʻrin egallaydi — bu art-makonda ovqat san’at va meditatsiya turiga aylanadi.
Ishtirokchilar orasida Chung Kvan, Subodh Gupta, Karsten Xyoller, Laila Gohar va butun dunyodan 100 dan ortiq rassomlar bor.
Kirish bepul.