Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi yo‘l vaqtincha yopiladi

Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi yoʻl transport vositalari qatnovi uchun vanqincha yopiladi. Bu haqda Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida velosport bo‘yicha Respublika turniri o‘tkazilishi munosabati bilan 9−11 sentyabr kunlari soat 08:00 dan 15:00 gacha D012 “Bektemir-Chorbo‘g‘” avtomobil yo‘lining 34-kilometri (Chirchiq shaharga kirish “Platina”)dan 54-kilometri (Oqsoqota MFY, “Fayz” kafesi)gacha bo‘lgan qismida transport vositalari harakati cheklanadi.
Bo‘stonliq tumaniga yo‘l oluvchi fuqarolar muqobil yo‘llardan foydalanishlari mumkin. Xususan, haydovchilar Chirchiq shahri orqali yoki Qoramanas va Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari yo‘nalishidan o‘tishlari tavsiya etiladi.
Mazkur chora tadbir davomida xavfsizlikni taʼminlash va musobaqaning uzluksiz o‘tishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgani aytilgan. Haydovchilar va yo‘l foydalanuvchilari belgilangan tartibga qatʼiy rioya etishlari so‘ralmoqda.