Sergeli tumanidagi koʻchada avtomobillar harakati 20 kunga cheklandi

E’lon qilingan sana· 174
Sergeli tumanidagi koʻchada avtomobillar harakati 20 kunga cheklandi

Sergeli tumani Qumariq ko‘chasi avtomobillar harakati uchun 10-sentyabrdan 30-sentyabrgacha yopiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu koʻchada 325 mm diametrli va umumiy uzunligi 1000 metr bo‘lgan issiqlik tarmoqlarini almashtirish ishlari oʻtkazilmoqda.

Shu munosabat bilan quyidagi avtobus yo‘nalishlari harakati ham o‘zgartiriladi:

  • 61-yo‘nalish — A.S. Banokatiy, G. Aliev, Temiryo‘lchilar, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 106-yo‘nalish — Sariko‘l, Kichik halqa yo‘li, Bobur ko‘chalari orqali;
  • 40-yo‘nalish — Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Temiryo‘lchilar, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RЭT zavodi bekatigacha;
  • 66-yo‘nalish — Qumariq, Bobur, Kichik halqa yo‘li, Turkiston ko‘chalari, Toshkent vokzali, Mehrjon, 8-Mart, Eski Sariko‘l, Yangi Zamon, Sariko‘l, A.S. Banokatiy ko‘chalari orqali RET zavodi bekatigacha;
  • 52-yo‘nalish — Lokomotiv ko‘chasi bekati va Toshkent vokzali oralig‘ida.

Qayd etilishicha, ta’mirlash ishlari davomida ko‘chalarda tirbandlik ortishi ehtimoli mavjud. Shunga ko‘ra, yo‘nalishlar harakatiga qo‘shimcha o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling