Toshkentdagi fotostudiyalar va ularning 2025-yildagi aktual narxlari

E’lon qilingan sana· 264
Toshkentdagi fotostudiyalar va ularning 2025-yildagi aktual narxlari

“Kuz — toʻylar boshlandi yuragim pora”, deya yozgandi oʻzbekning buyuk shoiri Muhammad Yusuf. Hozirgi vaqt Oʻzbekistonda norasmiy ravishda toʻylar mavsumi hisoblanadi. Toʻylar arafasida Afisha.uz Toshkentdagi fotostudiyalarni hamda ularning 2025-yil uchun amaldagi narxlarini bir joyga jamladi.

2A studio

Hozirda Toshkentning ikkita manzilida oʻz joyiga ega boʻlgan fotostudiyada 4 tadan zal mavjud. Bundan tashqari, alohida kiyinish xonasi ham bor. Fotosessiya 1 soat davom etadi.

Fotosessiyalar narxi:

  • individual fotosessiya — 1 200 000 so‘m;
  • biznes fotosessiya — 1 200 000 so‘m;
  • oilaviy fotosessiya — 1 400 000 so‘m;
  • toʻy fotosessiyasi — 1 700 000 soʻm;
  • homiladorlik fotosessiyasi — 1 800 000 soʻm;
  • tugʻilgan kun fotosessiyasi — 900 000 soʻm (studiya 30 foiz chegirma taqdim etadi).

Oilaviy fotosessiya vaqtida 5 kishiga ruxsat beriladi. Oltinchi va har bir keyingi shaxs uchun qo‘shimcha to‘lov 50 000 so‘mni tashkil etadi.

Manzillar:

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−005−2678.


Amore Studio

Bu yerda ikki xil zal mavjud. Shuningdek, studiya fotograf xizmatini ham taklif qiladi.

Studiyalar narxi:

  • ish kunlari — 200 000 soʻm;
  • dam olish kunlari — 250 000 soʻm;
  • fotograf bilan fotosessiya — 1 200 000 soʻm.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−122−1133.


Factura Studio

Ushbu fotostudiyada ijaraning minimal vaqti 1 soatni tashkil etadi. Shuningdek, 3 soatdan koʻproq vaqt bron qilinganda chegirma beriladi. Bu individual kelishiladi.

  • fotostudiya narxi: 450 000 so‘m.

Fotosessiya vaqtida 8 kishiga ruxsat beriladi. Har bir keyingi shaxs uchun qo‘shimcha to‘lov 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−726−5607.


Loft Room Studio

Bu manzilda ikki fotostudiya va ikki siklogramma xizmat koʻrsatadi.

Fotostudiyalar narxi:

  • dark loft — 450 000 so‘m;
  • white loft — 300 000 so‘m;
  • “gʻisht” sikloramasi — 250 000 so‘m;
  • oq siklorama — 250 000 soʻm;
  • buyumlar xonasi — 150 000 soʻm.

Fotosessiya vaqtida 7 kishiga ruxsat beriladi. Har bir keyingi shaxs uchun qo‘shimcha to‘lov 25 000 so‘mni tashkil etadi.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 91−006−2244.


Family Studio

Fotostudiyani minimum bir soatga bron qilish mumkin. Quyidagi narxlarga fotograflar xizmati kiritilmagan. Ushbu manzilda asosan kichik bolalar uchun fotosessiyalar tashkil etiladi.

Fotostudiyalar narxi:

  • “Happy” fotostudiyasi (ish kunlari) — 700 000 so‘m;
  • “Happy” fotostudiyasi (dam olish kunlari) — 750 000 so‘m.

Fotosessiya vaqtida 4 kishiga ruxsat beriladi. Har bir keyingi shaxs uchun qo‘shimcha to‘lov 50 000 so‘mni tashkil etadi.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 97−750−3706.


Nari Stories Studio

Bu manzilda uchta zal, shuningdek, siklogramma va panorama oynasi mavjud. Fotostudiyani band qilish uchun 50 foiz miqdorda oldindan toʻlov talab etiladi.

Fotostudiyalar narxi:

  • Weeding fotostudiyasi — 500 000 so‘m;
  • Home fotostudiyasi — 500 000 so‘m;
  • siklorama — 300 000 so‘m.

Fotosessiya vaqtida 4 kishiga ruxsat beriladi. Har bir keyingi shaxs uchun qo‘shimcha to‘lov 50 000 so‘mni tashkil etadi.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−037−8080.


Elarium Concept Studio

Ushbu fotostudiyada to‘y, oilaviy, tijoriy fotosessiyalar oʻtkazish mumkin. Shuningdek, reklamalar, love story hamda merry me ham uyushtirish mumkin.

Bundan tashqari, katta kliplar suratga olish, intervyular tashkil etish imkoniyati mavjud.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−865−0077.


Room 47

Bu manzilda uchta zal, shuningdek, siklogramma va panorama oynasi mavjud. Fotostudiyani band qilish uchun 50 foiz miqdorda oldindan toʻlov talab etiladi.

Fotostudiyalar narxi:

  • Weeding fotostudiyasi — 500 000 so‘m;
  • Home fotostudiyasi — 500 000 so‘m;
  • siklorama — 300 000 so‘m.

Fotosessiya vaqtida 4 kishiga ruxsat beriladi. Har bir keyingi shaxs uchun qo‘shimcha to‘lov 50 000 so‘mni tashkil etadi.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 90−037−8080.


Portfolio Studio

Fotosessiyalar uchun 3 ta zalga ega boʻlgan ushbu studiya barcha kerakli jihozlar bilan ta’minlaydi.

Fotostudiyalar narxi:

  • birinchi zal — 300 000 so‘m;
  • ikkinchi zal — 300 000 so‘m;
  • Marokash zali — 300 000 so‘m.

Bu narx ichiga zalni band qilish, impuls chiroq, doimiy chiroq, 12 ta rangli fon, interyer elementlari, grim va kiyim almashtirish xonasi kiradi.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqamlari: (+998) 33−189−1629; (+998) 90−186−4400.


Mirandi

Ushbu fotostudiya aynan toʻy uchun moslashtirilgan deyish mumkin. Narx ichiga kelin va uning 8 nafar dugonasi bilan fotosessiya, 12 ta fotozonada suratga tushish imkoniyati kiradi.

  • narxi — 2 200 000 soʻm.

Fotostudiya vaqti chegaralanmagan.

Manzil.

Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 99−876−2020.

Azimbek Xushmamatov
Muallif
Azimbek Xushmamatov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkentdagi fotostudiyalar va ularning 2025-yildagi aktual narxlari — Toshkent Afishasi