Toshkentda 10 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartirildi
E’lon qilingan sana: · 150

Lutfiy ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Shirin ota ko‘chasigacha bo‘lgan qismi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan shahar avtobuslari yo‘nalishiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi .
- Bir tomonlama harakatlanish: 2, 9t, 13, 17t, 56 va 113-yo‘nalishlar Farhod, Katta Xirmontepa va Shirin ko‘chalari bo‘ylab harakatlanadi.
- Yo‘nalish o‘zgarishi: 41, 70, 127 va 150-sonli yo‘nalishlar Kichik halqa yo‘li, Farhod, M.Shayxzoda va Shirin ko‘chalari orqali keyingi yo‘nalishlari bo‘ylab harakatlanadi.
Hokimiyat ogohlantiradi:
- rekonstruksiya davrida tirbandliklar yuzaga kelishi va harakat oraliqlari uzayishi mumkin;
- zarur hollarda yo‘nalishlar ishiga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin;
- yo‘lovchilarga sayohatni oldindan rejalashtirish va vaqtinchalik noqulayliklarni hisobga olish tavsiya etiladi.