Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

E’lon qilingan sana· 303
Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari hisoblangan 13−14 sentabrda O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz quruq va biroz issiq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi +30…+35 daraja atrofida bo‘ladi, mamlakat janubida esa bugun +37…+39 darajagacha ko‘tarilishi mumkin. Bu hadqa O‘zgidromet xabar berdi.

Qayd etilishicha, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoli bor. Ushbu hududlarda harorat kunduzi +20…+25 darajagacha pasayadi.

Yakshanba kunidan boshlab respublikaning barcha hududlarida harorat asta-sekin pasayishi kutilmoqda. Kunduzgi havo +25…+30 darajadan, janubiy viloyatlarda esa +33…+35 darajadan yuqori bo‘lmaydi.

Toshkentda havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 13-sentabr, shanba kuni +31…+33 daraja koʻtariladi.

14-sentabr, yakshanba kuni esa +27…+29 daraja boʻladi. Kechalari havo harorati +16…+19 darajani tashkil etadi.

Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi, ba’zan 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kelasi haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonga salqin havo oqimi kirib keladi. Natijada havo harorati kechalari +10…+15 darajagacha, kunduz kunlari esa +20…+25 darajagacha pasayadi. Ba’zi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling