Green Card oʻynash pulli boʻlishi mumkin

E’lon qilingan sana· 124
Green Card oʻynash pulli boʻlishi mumkin

AQSh hukumati “Green Card” lotereyasini oʻynash uchun roʻyxatdan oʻtishni pulli qilishni rejalashtirmoqda.

AQSh Davlat departamenti e’lon qilgan hujjatga koʻra, lotereya oʻynamoqchi boʻlganlar hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish vaqtida 1 dollar toʻlov qilishi kerak boʻladi. Bu joriy mavsumdan kuchga kiradi.

Hujjatda yozilishicha, ushbu toʻlov avval Diversity Visaga (“Green Card” yutganlar topshiradigan viza turi) hujjat topshirish toʻlovi ichiga kiritilgan. Endilikda lotereyani boshqarish xarajatlari ishtirokchilarning barchasiga yuklanadi.

Ma’lumot uchun, 2026-yilgi lotereyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 2025-yilning 2-oktabridan 7-noyabrigacha davom etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling