O‘zbekistonga sentyabr oyi oxirigacha 200 ta yangi avtobus keltiriladi

E’lon qilingan sana· 182
O‘zbekistonga sentyabr oyi oxirigacha 200 ta yangi avtobus keltiriladi

O‘zbekistonga Xitoydan sentyabr oyi oxirigacha mamlakatga 200 ta zamonaviy Yutong avtobusi va ular uchun quvvatlash stansiyalarini yuborish rejalashtirilgan. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, astlabki 100 ta elektrobus Xitoydan Qozog‘iston orqali Oʻzbekistonga yo‘lga chiqqan. Barcha avtobuslarni joʻnatish jarayoni sentyabr oyi oxiriga qadar yakunlanishi moʻljallangan.

Yangi avtobuslar Toshkent shahar transportini yangilash uchun xarid qilinmoqda. Ular elektr energiyasi bilan ishlaydi, havoni ifloslantirmaydi va shahar bo‘ylab harakatlanishni yanada ekologik toza va qulay qilishga yordam beradi.

Yangi elektrobuslar qachon yo‘nalishlarga chiqarilishi haqida ma’lumot berilmagan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling