Bektemir tumanida 8 ta avtobus yoʻnalishi oʻzgartirildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanidagi Bektemir yo‘li va Katta halqa yo‘li ko‘chalari chorrahasida yoʻl qurilish ishlari olib borilayotgani sababli 21-sentyabrdan boshlab vaqtincha yopildi. Bu haqda Shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mazkur chorrahadagi transport harakati cheklovi munosabati bilan 39, 45, 68, 93, 110, 117, 128, 130-sonli yo‘nalish avtobuslari chorraha atrofida tashkil etilgan vaqtinchalik muqobil yo‘l orqali harakatlanadi.

Qayd etilishicha, qurilish davrida tirbandlik kuchayishi mumkin. Avtobuslarning harakat vaqti hamda intervali odatiy jadvaldagidan biroz uzunroq bo‘lishi ehtimoli bor.
Ishlar davomida zarurat tug‘ilsa, yo‘nalishlarga qo‘shimcha o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin, bu hadqa boshqarma tomanidan xabar qilinadi. Yo‘lovchilardan qatnovlarni oldindan rejalashtirish so‘raldi.