Shota Rustaveli ko‘chasi transport harakati uchun ochildi

Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab, Shahrisabz ko‘chasidan Choʻpon ota ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘nalishda transport harakati qayta tiklandi. Cho‘pon otadan Yangi Sergeligachako‘chasigacha bo‘lgan qismda ham ishlar jadal sur’atlar bilan davom etmoqda.
Hokimlik maʼlumotiga koʻra , ochilish texnik xususiyatga ega: asosiy qurilish ishlari hali yakunlanmagan, biroq Toshkent transport vaziyatini yengillashtirish maqsadida transport harakati qayta ochilgan.
Hududda quyidagilar allaqachon bajarilgan:
- yondosh mahalla va mavzelardan kirish-chiqish yo‘llari;
- kommunal tizimlarni oʻrnatish;
- svetofor va yoʻl belgilarini oʻrnatilgan;
- vaqtinchalik belgilar qoʻllangan;
- yoritgichlar qisman ulangan.
Ayni paytda avtobus bekatlarini o‘rnatish, zamonaviy yoritish ishlari olib borilmoqda. Ishlar shahar xizmatlari bilan kelishilgan holda bosqichma-bosqich yakunlanadi.
Aholiga e’tiborli bo‘lish tavsiya etiladi: yo‘lda hamon ishchilar va texnika mavjud. Qayta qurish ishlari yakunlanib borishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklar bartaraf etilishi va’da qilinmoqda.
Ko‘cha transport harakati uchun ochiq. Avtobuslar aylanma yo‘nalishlarda harakatlanishda davom etmoqda.