Anons
Food City Fest – Hosil bayrami
E’lon qilingan sana: · 206

Food City majmuasida “Food City Fest — Hosil bayrami” festival bo‘lib o‘tadi.
“Hosil — baraka, mehnat — qadr!” shiori ostida o‘tkazilayotgan tadbir fermer va dehqonlar mehnatiga bag‘ishlandi. Festivalning asosiy maqsadi mahalliy mahsulotlarni targ‘ib qilish, sog‘lom ovqatlanish madaniyatini rivojlantirish, aholi va mehmonlar uchun dam olish maskani yaratishdan iborat.
Festival dasturi:
- yangi meva, sabzavot va poliz mahsulotlari yarmarkasi;
- “Organic corner” organik mahsulotlar koʻrgazmasi;
- tematik kompozitsiyalar va interaktiv zonalar;
- oziq-ovqat kortlari va foto zonalari;
- estrada yulduzlari: Tohir Sodiqov va “Bolalar” guruhi, VIA Marokand, Yodgor Mirzajonov, Elyor Meliboyev va boshqalar ishtirokidagi konsertlar;
- teatrlashtirilgan eskizlar va milliy raqslar;
- mashhur oshpazlardan oshpazlik mahorat darslari.
Kirish bepul.
27dan 28-sentabrgacha
11:00
Toshkent, Bektemir tumani