Shota Rustaveli koʻchasining bir qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi

E’lon qilingan sana· 158
Shota Rustaveli koʻchasining bir qismi vaqtincha avtomobillar harakati uchun yopiladi

Shota Rustaveli koʻchasining Janubiy vokzal — Sergeli (“O‘zgarish” ko‘prigi) yo‘nalishi 26-sentyabr soat 17:00 dan 29-sentyabr soat 07:00 gacha avtomobillar uchun harakat cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu yo‘nalishda yo‘l ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Hokimlik haydovchilardan safarlarini oldindan rejalashtirishni va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etmoqda.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling