Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

E’lon qilingan sana· 125
Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qoʻmitasi hududlarda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushishi haqida ma’lumotlar e’lon qildi. Barcha viloyatlarda raqamlar 6 xonali, faqatgina Qoraqalpogʻistonda 5 xonali.

2025-yilning sentyabr oyi holatiga koʻra, hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha (raqamlar yaxlitlangan):

  • Qoraqalpog‘iston R. — 99 800 so‘m
  • Andijon viloyati — 107 200 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 110 100 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 111 600 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 113 600 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 111 100 so‘m;
  • Namangan viloyati — 110 800 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 114 700 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 113 400 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 107 000 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 115 200 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 117 000 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 108 300 so‘m;
  • Toshkent shahri — 119 300 so‘m.

Ushbu hisob-kitoblar bir kilogramm osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxi hisoblangan. Bunda quyidagilar hisobga olingan:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 l;
  • piyoz — 300 gr;
  • mol go‘shti — 700 gr;
  • sabzi — 1 kg;
  • guruch — 1 kg;
  • no‘xat — 100 gr;
  • zira — 10 gr;
  • osh tuzi — 20 gr.

Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling