Qayerda tezlikni oshirish mumkin? Toshkentdagi 4 ta karting maydoni va narxlari

E’lon qilingan sana· 150
Qayerda tezlikni oshirish mumkin? Toshkentdagi 4 ta karting maydoni va narxlari

Shaharda ekstremal sport turlari ko‘p emas, ammo topiladi. Ulardan biri mashina haydash bo‘lsa-da, shahar yoʻllari anchagina xavfli bo‘lganligi uchun biz sizga kartingni tavsiya qilamiz. Afisha.uz esa sizga Toshkent shahrida himoyalangan holda adrenalinni oshiruvchi sport turi — karting bilan shug‘ullanish mumkin bo‘lgan joylar va ularning narxlarini taqdim etadi.


Axelon karting club

  • false
  • false

Shahar markazida joylashgan bu yopiq karting maydoni turli xil karting modellari hamda xavfsizlik jihozlari bilan ajralib turadi. Bu yerda do‘stlaringiz, yaqinlaringiz yoki hamkasblaringiz bilan adrenalinga boy va qiziqarli vaqt o‘tkazishingiz mumkin. Bundan tashqari bolalar bilan birga boshqarish mumkin bo‘lgan Twinstructor modeli ham mavjud. Shuningdek, klub vaqti-vaqti bilan turnirlar ham tashkil etib turadi.

Narxlar 100 000 so‘mdan boshlanadi va tanlagan karting modeliga qarab o‘zgaradi.
Toʻliq roʻyxat bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Ish vaqti: 10:00 — 23:00
Manzil: Anhor Park
Telefon: (+998) 78−150−8383.


GooKarting

  • false
  • false

Gookarting — shahardagi elektro-karting klubi bo‘lib, ochiq havoda mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan. Maydon uzunligi 300 metrni tashkil qiladi. Bu yerda tezlik bilan birgalikda xavfsiz va ekologik toza elektro-kartlarda adrenalinni oshirasiz. Maydonda yangi boshlovchilar ham, tajribali haydovchilar ham o‘zini qulay his qilishi mumkin.

Har bir aylana narxi 10 000 so‘mni tashkil etadi.

Ish vaqti: 10:00 — 22:00
Manzil: Furqat nomidagi ma’daniyat va istroxat bogʻi
Telefon: (+998) 91 772−5015.


Go-kart

  • false
  • false

400 metr uzunlikdagi yo‘lak barcha xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga to‘liq himoyalangan sharoitda karting haydash imkonini beradi. Bu yerda yoshlar uchun alohida musobaqalar ham o‘tkaziladi: Bolalar uchun Kids Race, kattalar uchun esa Go Race.

Klubda uch xil karting modeli mavjud, ular orasida ikki kishilik variant ham bor. Shu sababli bu mashg‘ulotni oilaviy tarzda yoki do‘stlar bilan birga sinab ko‘rish mumkin.

Narxlar 75 000 so‘mdan boshlanib, tanlangan modelga qarab 140 000 so‘mgacha yetadi.

Ish vaqti: 11:00 — 23:00
Manzil: Ashxobod Park
Telefon: (+998) 20−016−0106.


Dream Park karting

  • false
  • false

Sobiq nomi Gʻafur Gʻulom boʻlgan bog' hududida ochiq havodagi karting maydoni joylashgan. Adrenalin, tezlik va xavfsizlik bir joyda jamlangan ushbu maydon oilaviy hordiq chiqarish yoki do‘stlar bilan musobaqalashish uchun ajoyib tanlov hisoblanadi. Bu yerda 3 turdagi yo‘nalish mavjud: Sport, Junior va Double. Har biri turli yoshdagilar uchun mos keladi — bolalar, kattalar yoki juft boʻlib haydashni xohlovchilar uchun mos.

Narxlar 55 000 so‘mdan 110 000 so‘mgacha bo‘lib, tanlangan yo‘nalish va daqiqaga qarab farqlanadi.

Ish vaqti: 10:00 — 23:00
Manzil: Dream Park
Telefon: (+998) 77−150−8888.

Narxlar ushbu jamlanma e’lon qilingan sana uchun amal qiladi.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling