Me’mor//2025 IV Arxitektura mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

E’lon qilingan sana· 422
Me’mor//2025 IV Arxitektura mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi

2-oktyabr kuni Toshkentda Me’mor//2025 mukofotining to‘rtinchi mavsumi laureatlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy mavsumda tanlov rasmiy ravishda xalqaro maqom oldi va O‘zbekiston, Ukraina va Gruziya arxitektorlari hamda dizaynerlari uchun professional maydonga aylandi.

Taqdirlash marosimi 1895-yilda Turkiston o‘lkasidagi birinchi bank muassasasi sifatida qurilgan (hozir — SQBning Mirzo Ulug‘bek filiali) tarixiy binoda o‘tkazildi. Ushbu inshoot neoklassik me’morchilik yodgorligi bo‘lib, Amir Temur xiyoboni ansamblining bir qismidir. Marosim kuni short-list ishlarining ko‘rgazmasi ochildi, 3-oktabrdan boshlab u Toshkent arxitektura-qurilish universiteti (TAQU) maydonchasida keng jamoatchilik uchun ochiq.

Arizalar 3-aprel — 10-avgust oralig‘ida qabul qilindi. Mukofot dasturi xususiy va jamoat arxitekturasi, interyerlar, urbanistik yechimlar hamda arxitektura va shahar muhiti haqidagi materiallarni qamrab oldi. Short-list tarkibiga 73 ta arxitektor va interyer dizaynerlarining ishlari, 23 ta oliygoh talabalari ishlari hamda 5 ta “Jurnalistika” toifasidagi ishlar kiritildi. Asosiy mukofotlardan tashqari Honorable Mention (Faxriy diplom) Me’mor//2025, Hay’atning maxsus mukofoti, shuningdek “KNAUF. Interyer+” tanlovi doirasida KNAUFning Maxsus mukofoti va “E'TIROF” — arxitekturaga qo‘shilgan hissa uchun mukofot ta’sis etildi. Umumiy sovrin jamg‘armasi — 250 million so‘m.

“Bu yil „Me'mor“ haqiqatan ham xalqaro loyihaga aylandi — bu biz uchun nafaqat yangi maqom, balki mintaqa professional hamjamiyati oldidagi mas’uliyatning yangi bosqichi. Biz allaqachon keyingi mavsumni geografiyani kengaytirgan holda tayyorlamoqdamiz: O‘zbekiston, Ukraina va Gruziyaga Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari qo‘shiladi. Mamlakatimiz me’morlari global kun tartibiga dadil kirib borayotganini ko‘ryapmiz: ular barqarorlik haqida o‘ylaydi, kontekst va material bilan e’tiborli ishlaydi, xalqaro sahnada ishonch bilan raqobat qiladi. KNAUF uchun eng yaxshilarni taqdirlash bilangina cheklanmay, me’mor va dizaynerlarga xalqaro ekspertiza tajribasiga kirish imkonini berish ham muhim. Ana shunday bilim almashinuvi sohaga rivojlanish sur’atini beradi va shahar muhitining, demakki, insonlar hayotining sifatini oshiradi”, — dedi Dmitriy Deripalko, KNAUFning O‘zbekistondagi korxonalari rahbari.

Ishlarni xalqaro hay’at baholadi, bu tanlovning professional darajasini mustahkamladi va uning butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ahamiyatini ta’kidladi. Hay’at tarkibi: Melike Altınışık (rais, Melike Altınışık Architects, MAA), Evgeniya Pozigun (katta me’mor, Zaha Hadid Architects), Patrik Meyers (Orange Architects), Ali Mangera (hamasoschi, Mangera Yvars Architects; UK Design Council eksperti), Asxat Saduov (“Almatygengplan” rahbari), Tom Ravenscroft (Dezeen bosh muharriri).

Me’mor//2025 g‘oliblari (qisqa ro‘yxat)

“KNAUF. Interyer+” tanlovi

  • Bosh mukofot (talabalar loyihasi): HARMONY IN CONTRAST, Kimyo International University in Tashkent (O‘zbekiston).
    — Mualliflar: Abduqodir Alimov (talaba), Hamza Fazilov (kurator).

  • KNAUFning Maxsus mukofoti (arxitektura loyihasi): UZBEK WABI APARTMENT, MCHJ “Masdar art and design school” (O‘zbekiston).
    — Mualliflar: Zaur Mansurov, Yoqubxo‘jayev Xislatxon, Oksana Shmeleva.

“Turar joy binolari” toifasi

  • “Yakka tartibdagi uy-joy” nominatsiyasi (amalga oshirilgan obyekt): Terracotta Pavilion House, Laboratory of Architecture #3 (Gruziya).
    — Mualliflar: Dmitriy Shapakidze, Irakliy Abashidze, Tamar Texova, Tata Koyava, Dmitriy Kenchoshvili, Kaxa Vachadze, Georgiy Mamasaxlisi.

  • “Ko‘p qavatli turar joy binosi” nominatsiyasi (amalga oshirilgan obyekt): Savdo va ofis maydonlari bilan 5 qavatli turar-joy uyi, Dnipro, ROAD Architects (Ukraina).
    — Mualliflar: Aleksandr Ryabokin, Mariya Buko.

  • “Yakka tartibdagi uy-joy” nominatsiyasi (loyiha): “Oril” kurortini rivojlantirish kontseptsiyasi, ROAD Architects (Ukraina).
    — Mualliflar: Aleksandr Ryabokin, Anna Drobysheva, Natalya Budenko.

“Dizayn” toifasi

  • “Xona interyeri” nominatsiyasi (amalga oshirilgan obyekt): Restaurant Quadro, MCHJ “Masdar art and design school” (O‘zbekiston).
    — Mualliflar: Zaur Mansurov, Yoqubxo‘jayev Xislatxon, Torabek Mirumidov, Nodir Utkirov.

  • “Milliy an’analarda ishlangan interyer” nominatsiyasi (amalga oshirilgan obyekt): Dildora Kasimova Showroom, ARC ARCHITECTS (O‘zbekiston).
    — Mualliflar: Bobir Klichev, Farrux Shadmanov, Muazzam Karimova.

  • “Milliy an’analarda ishlangan interyer” nominatsiyasi (amalga oshirilgan obyekt): AMAL by Kapitalbank, ARC ARCHITECTS (O‘zbekiston).
    — Mualliflar: Bobir Klichev, Farrux Shadmanov, Mardon Rajabiy.

“Jamoat makonlarini obodonlashtirish” toifasi

  • “Jamoat makonlarini obodonlashtirish” nominatsiyasi (amalga oshirilgan obyekt): Sky Camp 2025, Ilhom’s Studio (O‘zbekiston).
    — Muallif: Ilhom Zayniyev.

“Jamoat binolari” toifasi (hay'atning maxsus mukofoti, “Tijorat obyekti” nominatsiyasi)

  • Eres Qala Cultural and Community Center arxitektura loyihasi, MCHJ “MIZAN” (O‘zbekiston).
    — Muallif: Shahzod Rahmatov.

“Jurnalistika” toifasi

  • “Ijtimoiy tarmoqlarda faol fuqaro” nominatsiyasi: Evgeniy Sklyarevskiy — “Bilbao effekti” maqolasi (arxitektura haqidagi nashrlar turkumidan).

“E'tirof” maxsus mukofoti

  • Aleksandr Kuranov — O‘zbekistonning xizmat ko‘rsatgan arxitektori, Arxitektorlar uyushmasi a’zosi, 600 dan ortiq loyihalar muallifi, xalqaro tanlovlar sovrindori.

  • Baxtiyor Magdiyev — arxitektor va shaharsoz, Xalqaro Arxitektura Akademiyasi akademigi, xalqaro tanlovlar g‘olibi.

To‘liq natijalar ro‘yxati rasmiy saytda mavjud.

Me’mor mukofoti haqida

Me’mor KNAUF tomonidan 2019-yilda O‘zbekiston arxitektor va dizaynerlari uchun respublika miqyosidagi ko‘rik-tanlov sifatida ta’sis etilgan. 2025-yilda mukofot xalqaro maqomga ega bo‘ldi. Mukofot shahar muhiti haqida arxitektura, dizayn, urbanistika va jurnalistika yo‘nalishlaridagi eng yaxshiishlarga e’tibor qaratadi, barqaror materiallar va zamonaviy loyihalash amaliyotlarini targ‘ib etadi.

Mukofotning tashkilotchisi — KNAUF kompaniyasi, 2025 yilgi mavsum hamkori — O‘zbekiston Yosh Arxitektorlar Assotsiatsiyasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling