Toshkentda gastronomiya va musiqa festivali boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 162

11−12 oktyabr kunlari Chilonzor tumanida gastronomiya va musiqa festivali oʻtkaziladi. Tadbir Al-Xorazmiy ko‘chasida soat 16:00 dan 23:00 gacha bo‘lib o‘tadi.
Mehmonlar milliy va zamonaviy taomlar uyg‘unligidan, taniqli o‘zbek estradasi san’atkorlarining jonli musiqasi hamda mashhur DJ to‘plamidan bahramand bo‘lishadi. Dasturda ishtirokchilar uchun sovrinli viktorina va musobaqalar mavjud.
Tashkilotchilar barcha tashrif buyuruvchilar uchun qulay muhit va yorqin taassurotlarni va’da qilmoqda.