Paynet Oʻzbekistonda korporativ realiti-shouni boshlaydi — “Sinov Muddati”

Paynet kompaniyasi millionlab insonlarning orzusiga aylangan tan o‘linish va yirik korporativ hayotning bir qismiga aylanish imkoniyati uchun kurashni namoyon etuvchi yangi loyiha — korporativ realiti-shou “Sinov Muddati”ni e’lon qiladi.
Shouning boshida 13 nafar ishtirokchi qatnashadi. Ulardan turli sinovlar — jamoaviy vazifalar, guruh musobaqalari va shaxsiy chaqiriqlardan o‘tishi talab etiladi. Bu chaqiriqlar maksimal fidoyilik, iroda va xarakterni sinovdan o‘tkazadi. Loyiha shunday tuzilgan: avvalo ishtirokchilar umumiy maqsad yo‘lida birlashadilar, keyin guruhlarda raqobatlasha boshlaydilar, va nihoyatda — faqat o‘z kuchlariga tayanishlari kerak bo‘ladi.

Loyihaning bosh sovrini — 150 million so‘m va 2026-yilda Paynet brend-ambassadori bo‘lish imkoniyati.

Shouda Paynet kompaniyasining rahbarlari va top-menejerlaridan iborat to‘rt ekspert alohida rol o‘ynaydi. Ular ishtirokchilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadi, ularning qarorlarini baholaydi va kim loyiha bilan davom etadi, kim esa undan chiqishi kerakligini aniqlaydi. Biroq, final bosqichida hal qiluvchi tanlov tomoshabinlar qo‘lida bo‘ladi — g‘olib joriy onlayn uzatuv orqali ovoz berish yo‘li bilan belgilanishi mumkin.

“Sinov Muddati” loyihasi — bu Paynet korporativ madaniyatining bir qismi va hayotning o‘z aksidir. Tomoshabinlar inson his-tuyg‘ularining keng spektrini — quvonch va ko‘z yoshi, charchoq va qat’iyatni, kulgi va hafsalani yaqqol ko‘radi. Ular sadoqat va xiyonat, jasorat va qo‘rqinch, g‘alaba iftixi va imkoniyatni qo‘ldan boy berish og‘rig‘ini ham his etadi.

Bu shunchaki shou emas — tarixidagi ilk korporativ realiti-o‘yinlardan biri bo‘lib, unda har bir tomoshabin ishtirokchilarda o‘zini ko‘radi, o‘z hayotiy vaziyatlarini tan oladi va ular bilan birga sinovlardan o‘tadi.

Shouning premyerasi 2025-yil 11-oktyabrga belgilangan. Har yangi qism shanba kuni soat 18:00 da namoyish etiladi, takrori esa yakshanba kuni efirga uzatiladi. Loyiha 2025-yil dekabr oyigacha davom etadi.
“Sinov Muddati” — bu haqiqiy insonlar, his-tuyg‘ular va hayotda o‘z o‘rnini topish uchun kurash haqida hikoya.
Reklama huquqlari asosida.