Osakadagi EXPO da Oʻzbekiston pavilyoni oltin medalga sazovor boʻldi

E’lon qilingan sana· 48
Osakadagi EXPO da Oʻzbekiston pavilyoni oltin medalga sazovor boʻldi

Yaponiyaning Osaka shahrida tashkil etilgan EXPO butunjahon koʻrgazmasida Oʻzbekiston pavilyoni “Mavzuning eng yaxshi ochib berilishi” nominatsiyasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva xabar berdi.

EXPO2025 butunjahon koʻrgazmasida tashkil etilgan Oʻzbekiston pavilyoni oʻz yoʻnalishi boʻyicha oliy mukofotga ega boʻldi. Ekspertlarning fikriga koʻra, milliy pavilon boy madaniy meros, innovatsion yondashuvlar va barqaror rivojlanish tamoyillarini muvaffaqiyatli birlashtirgan holda ko‘rgazmaning eng ta’sirchan maydonlaridan biriga aylangan.

Saida Mirzyoyeva ushbu mukofot haqida xabar berar ekan, shunday deb yozadi:

“Biz taqdim etgan „Bilimlar bog‘i: kelajakdagi jamiyat uchun laboratoriya“ konsepsiyasida an’analar va innovatsiyalar uyg‘unligi o‘z aksini topgan. G‘oyamiz jahon hamjamiyatida keng ko‘lamli aks-sado berdi”.

Shuningdek, administratsiya rahbari “professionallik va loyihaga boʻlgan ishonch uchun butun jamoaga va xalqaro hamkorlarga samimiy minnatdorlik” bildirgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling