Hafta davomida issiq va quruq ob-havo kuzatiladi

E’lon qilingan sana· 101
Hafta davomida issiq va quruq ob-havo kuzatiladi

13−17-oktabr kunlari Toshkent shahrida ob-havo nisbatan issiq boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Dushanba kuni tushdan keyin havo biroz bulutli bo‘lib, havo harorati 26 °C bo‘ladi. Kechasi harorat 12 °C gacha pasayadi.

14-oktabr kuni ham osmonda bulutlar koʻrinib turadi, havo harorati 26 °C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo harorati 12° gacha tushadi.

Chorshanba kuni havo biroz bulutli boʻlib, kunduzi havo harorati 26 °C boʻladi. Kechasi biroz bulutli ob-havo kutilmoqda, eng past harorat 13 °C boʻladi.

16-oktabr kuni havo harorati 28 °C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Kechasi havo biroz bulutli bo‘ladi, havo harorati 14 °C gacha tushadi.

Juma kuni tushdan havo harorati 27 °C bo‘lishi kutilmoqda. Shanba kuni kechqurun havo biroz bulutli boʻladi, eng past harorat 13 °C boʻladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling