NeUyat 2025 festivali bu yil uchta shaharda boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 58
NeUyat 2025 festivali bu yil uchta shaharda boʻlib oʻtadi

17-oktabrdan 12-dekabrgacha Samarqand, Fargʻona va Toshkentda zoʻravonlikka qarshi Nemolchi.uz lohiyasi tomonidan tashkillashtirilgan NeUyat festivali boʻlib oʻtadi. Festival Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida o‘tkaziladi.

17-oktabrda 4 yildan buyon oʻtkazilib kelinayotgan NeUyat 2025 festivali Samarqand shahridagi ArtStation Residency’da start oladi. Bu yilgi festival ilk bor uchta shaharda bo‘lib o‘tadi. Tadbirning sayyor ko‘rgazmasida 11 nafar ayol rassom zo‘ravonlik, jarohat, zaiflik, sukunat va oʻz ovozini topish mavzularida yaratilgan asarlarini taqdim etadi.

NeUyat bu ayollar sukunatni buzadigan, uyatdan xalos bo‘ladigan va o‘z ovozini san’at orqali topadigan maydon. Ko‘rgazmada Lili Altayeva, Negina Aliyeva, Alena Yusupova, Sitora Brejneva, Vetlina Burmistrova, Dinara Babayeva, Marjona Zohidova, Bernara Rustam, Meri Shoniya, Mariam Gajimurodova va Olya Majenko kabi rassomlarning asarlari namoyish etiladi. Ularning ishlari rasm, haykal, video-art, raqamli installyatsiya va perfomanslar — inson ruhiyatiga zo‘ravonlikning ta’sirini, ayollarning og‘riq va qo‘rquvga qaramay, o‘zini qayta tiklash kuchini aks ettiradi.

Barcha asarlar o‘zbek va rus tillarida taqdim etiladi.

Sayyor ko‘rgazma quyidagi shaharlarni qamrab oladi:

  • 17-oktabr — 2-noyabr — Samarqand, ArtStation Residency
  • 6−20 noyabr — Farg‘ona, Amulet galereyasi
  • 23-noyabr — 12-dekabr — Toshkent, Bonum Factum Gallery

Yosh chegarasi — 18+.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling