BYD Seal 6’ning O‘zbekistondagi savdosi boshlandi: BYD Megawatt’dan rasmiy start, narxi 364 mln so‘mdan

E’lon qilingan sana· 229
BYD Seal 6’ning O‘zbekistondagi savdosi boshlandi: BYD Megawatt’dan rasmiy start, narxi 364 mln so‘mdan

15-oktabr kuni BYD Megawatt (Quyoshli mavzesi) shourumida yangi gibrid sedan — BYD Seal 6 taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Endi ushbu model O‘zbekistonda rasmiy savdoda, narxi esa 364 000 000 so‘mdan boshlanadi.

BYD Megawatt kompaniyasi O‘zbekiston bozorida yangi avlod sedani — BYD Seal 6'ning savdoga chiqarilishini e’lon qildi. Prezentatsiya “Quyoshli” shourumida o‘tkazildi. Mehmonlar ilk bor avtomobil bilan tanishib, uning imkoniyatlari va qulayliklarini baholashdi.

BYD Seal 6 ilg‘or DM-i Super Hybrid texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, gibridning tejamkorligi, elektromotorning dinamikasi va kundalik haydashdagi qulaylikni birlashtiradi. Model uzoq safarlarda ishonch, samaradorlik va zamonaviy texnologiyalarni qadrlaydiganlar uchun mo‘ljallangan.

BYD Seal 6'ning asosiy xususiyatlari:

  • O‘zbekistondagi narxi: 364 000 000 so‘mdan;
  • elektrda yurish masofasi: 120 km gacha;
  • umumiy yurish masofasi (elektr + benzin): 2 020 km;
  • o‘rtacha yoqilg‘i sarfi: 100 km uchun taxminan 3 L;
  • 0−100 km/s tezlanishi: taxminan 7,5 soniya;
  • Blade Battery: yangi avlod LFP akkumulyatori;
  • o‘lchamlari: 4830×1900×1495 mm, g‘ildirak bazasi 2790 mm.

Seal 6 yoqilg‘ini tejaydi, shaharda elektromobil darajasidagi sukunat va qulaylikni taqdim etadi, hamda butun mamlakat bo‘ylab erkin sayohat qilish imkonini yaratadi.

BYD Megawatt’dagi mini-launch tadbirida mehmonlar avtomobil interyerini ko‘zdan kechirishdi, multimedia tizimi bilan tanishishdi hamda mutaxassislardan maslahat olishdi. Tadbir iliq muhitda, jonli musiqa sadolari ostida va BYD Megawatt jamoasi bilan samimiy muloqotda o‘tdi.

“Biz BYD Seal 6 modelini O‘zbekiston bozoriga rasmiy taqdim etayotganimizdan mamnunmiz. Endilikda mijozlarimiz 364 million so‘mdan boshlanadigan narxda innovatsion gibrid sedanga ega bo‘lish imkoniyatiga ega”, — deya ta’kidlashdi BYD Megawatt kompaniyasida.

Savdo boshlanishi: 15-oktabrdan.

Seal 6 endi O‘zbekistonda. BYD Megawatt orqali rasmiy ravishda xarid qilish mumkin.

Telefon:
(+998) 55−510−1111.

Sayt: byd.megawatt.uz
Instagram: @byd_megawatt.uz
Telegram: t.me/bydsuntown

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling