Toshkentdagi Taras Shevchenko koʻchasi vaqtincha yopiladi
E’lon qilingan sana: · 104

Toshkent shahridagi Taras Shevchenko koʻchasida gastronomik-ko‘ngilochar festival o‘tkazilishi munosabati bilan ko‘chalarning bir qismida transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda hokimlik axbarot xizmati xabar berdi.
16-oktabr soat 16:00 dan 20-oktabr soat 07:00 gacha quyidagi koʻchalarda transport vositalari uchun yopiq boʻladi:
- Taras Shevchenko ko‘chasining Fidokor ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sayyid Baraka ko‘chasining Oybek ko‘chasi kesishmasidan Amir Temur shoh ko‘chasigacha.
Hokimlik noqulayliklar uchun uzr so‘rab, ko‘rsatilgan davrda muqobil yo‘nalishlardan foydalanishni tavsiya qildi.