Toshkentdagi Sergey Yesenin memorial muzeyi ta’mirlash uchun yil oxirigacha yopildi

E’lon qilingan sana· 138
Toshkentdagi Sergey Yesenin memorial muzeyi ta’mirlash uchun yil oxirigacha yopildi

Rus shoiri Sergey Yeseninning Toshkentdagi memorial muzeyida yil oxirigacha ta’mirlash ishlari olib boriladi va shu munosabat bilan u 31-dekabrga qadar yopildi. Bu haqda Madaniy meros agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Muzeyda ta’mirlash-tiklash, isitish va sovutish tizimlarini to‘liq ishga tushirish, shuningdek, ekspozitsiyani yangilash ishlari olib boriladi. Ta’mirlash davrida muzey ekspozitsiyasidagi ashyolar xavfsiz tarzda demontaj qilinishi va ularning but saqlanishi ta’minlanishi ta’kidlangan. Shuningdek, muzey fondidagi nodir eksponatlar uchun maxsus xonalar ajratilib, ularning xavfsizligi doimiy nazorat ostida bo‘ladi.

Shu munosabat bilan Sergey Yesenin memorial muzeyi 2025-yil 10-oktabrdan 31-dekabrgacha ishlamaydi. Muzey ochilishi boʻyicha qoʻshimcha ma’lumot beriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling