Oʻzbekistondagi 320 ta temiryoʻl vokzallari, stansiyalari va razyezd nomlari oʻzbekchada toʻgʻri yoziladi

E’lon qilingan sana· 21
Oʻzbekistondagi 320 ta temiryoʻl vokzallari, stansiyalari va razyezd nomlari oʻzbekchada toʻgʻri yoziladi

Vazirlar Mahkamasi 17-oktabr kuni Oʻzbek tili bayrami arafasida davlat tili haqida yangi qaror qabul qildi. Unga koʻra, temiryoʻl vokzali, temiryoʻl stansiyasi va temiryoʻl razyezdlari nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga moslanadi, oʻzgarishlar tegishli hujjatlar va maʼlumotlar bazalariga kiritiladi, peshlavhalar va axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlar lotin yozuvida asoslangan oʻzbek tilidagi yozuvlar bilan almashtiriladi.

Qarorga ta’kidlanishicha, respublika boʻylab 320 ta geografik obyekt nomi oʻzgartiriladi. Mazkur jarayon uch oy muddat ichida amalga oshirilishi belgilangan. Ilova qilingan nomlar orasida mustaqillik yillarida qoʻyilgan nomlarda ham tuzatishlar kiritiladi.

Toʻliq roʻyxat bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling