Oʻzbek noni dunyoning eng yaxshi 50 ta noni qatoriga kirdi

CNN Travel nashri tomonidan eʼlon qilingan “Dunyoning eng yaxshi 50 noni"(50 of the world’s best breads) roʻyxatiga oʻzbek an’anaviy non ham kiritildi. Ushbu roʻyxatda o‘zbek noni Italiya focacciasi, Fransiya bageti va Hindiston chapatisi kabi dunyoning mashhur nonlari qatorida turibdi.
Ta’kidlaganidek, o‘zbek nonlari tandirda pishirilishi, o‘ziga xos bezaklari va turli viloyatlarga xos shakllari bilan ajralib turadi.
“Oʻzbekistonning an’anaviy tandirlarida pishiriladigan nonlar san’at asariga aylanadi — ularning yuzasi burama, aylana va naqshlar bilan bezatiladi. Toshkentda nonlar yumshoq, Samarqand nonlarining ustiga esa qora kunjut sepiladi.”
CNN shuningdek, non tandirdan chiqqach, issiqligida bozorlar va kafe-restoranlarga yetkazilishini ham qayd etgan.