Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab oʻtuvchi 190-sonli avtobus yoʻnalishi oʻzgardi

E’lon qilingan sana· 203
Yangi Oʻzbekiston koʻchasi boʻylab oʻtuvchi 190-sonli avtobus yoʻnalishi oʻzgardi
Foto: Evgeniy Sorochin

22-oktabrdan boshlab 190-sonli avtobus “Yangibozor AShB — Mashinasozlar metrosi” yo‘nalishida o‘zgarishlar kiritildi. Shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazruz yoʻnalishdagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab kelishda Yangi Toshkent bekatigacha bo‘lgan qismi qisqartirildi.

Toshkent shahar transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh boshqarmasi yoʻlovchilardan ushbu oʻzgarishlarni inobga olishlarini soʻradi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling