O‘zbekiston bir qator davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejimni 30 kungacha uzaytirdi

E’lon qilingan sana· 89
O‘zbekiston bir qator davlatlar fuqarolari uchun vizasiz rejimni 30 kungacha uzaytirdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 21-oktabr kuni mamlakatga kirish bo‘yicha yangi qaror qabul qildi. Unga ko‘ra, ayrim davlatlar uchun vizasiz tartib joriy etiladi hamda Xitoy fuqarolari uchun vizasiz bo‘lish muddati uzaytiriladi, xabar berdi Spot.

Endilikda Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Xitoy fuqarolari uchun vizasiz bo‘lish muddati ham 30 kungacha uzaytirildi. Gonkong aholisi uchun esa avvalgidek 7 kunlik vizasiz tartib saqlanib qoladi.

Bundan tashqari, 15 ta davlat fuqarolari uchun vizalar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi. Vizalar tezlashtirilgan muddatda quyidagicha beriladi:

  • 2 ish kuni ichida — Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Italiya, Latviya, Malayziya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya va Yaponiya fuqarolariga;
  • 3 ish kuni ichida — BAA fuqarolariga;
  • 3 ish kuni (ba'zi hollarda 10 kungacha) — Eron va Pokiston fuqarolariga.

Eron va Pokiston bilan tuzilgan bitimlarga asosan, bu mamlakatlar fuqarolari uchun viza jarayoni soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi. Bu kelishuv ishbilarmonlik, ilmiy va sayyohlik guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling