Haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablarda oʻqish majburiy boʻlmaydi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 25-oktabrdagi 676-son qaroriga muvofiq, 2026-yildan boshlab haydovchilik guvohnomasini olish jarayonida bir qator yangiliklar joriy etiladi. Bu haqda YHXX xabar berdi.
2026-yil 1-fevraldan “A” va “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini olish uchun avtomaktablardagi nazariy bilimlarni o‘qish majburiy bo‘lmaydi. Endilikda talabgorlar o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil ravishda, onlayn yoki oflayn tarzda o‘zlashtirishi mumkin.
Amaliy mashg‘ulotlar esa o‘quv tashkilotlarida to‘liq o‘tilishi shart bo‘lib, ularni muvaffaqiyatli yakunlagan shaxslar nazariy va amaliy imtihonlarni bevosita topshirish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda o‘quv kursini tamomlaganlik to‘g‘risida alohida guvohnoma talab etilmaydi.