Foto: Yangi Toshkentning yer osti avtoturargohi qanday bo‘ladi?

E’lon qilingan sana· 46
Foto: Yangi Toshkentning yer osti avtoturargohi qanday bo‘ladi?

Yangi Toshkent shahrining birinchi bosqich hududida yerosti avtoturargohlari qurilishi davom etmoqda, deya xabar bermoqda Spot Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmatiga tayanib.

Yangi shaharning markaziy qismlarida quriladigan yerosti avtoturargohlari koʻp funksiyali boʻladi, u yerda avtomobil yuvish shoxobchalari va mashinalarni quvvatlash stansiyalari ham quriladi. Loyiha Turkiyaning Arccon Project muhandislik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta’kidlanishicha, majmuaning umumiy maydoni 20 ming kvadrat metrni tashkil etib, avtoturargoh 512 ta transport vositasini sig‘dirish imkoniga ega bo‘ladi. Bu yerda 20 ta avtomobil yuvish shoxobchasi, 160 ta elektromobillarni quvvatlash stansiyasi hamda 88 ta velosiped turargohi tashkil etiladi.

Shu bilan birga, yer osti bog‘lamida nogironligi bo‘lganlar uchun xalqaro standartlar asosidagi 24 ta alohida to‘xtash joylari va xizmat ko‘rsatish nuqtalari, ota-onalar uchun esa bolalar parvarishi xonalari yaratiladi.

Bundan tashqari, loyihada injenerlik galereyasi hamda velosiped pandusi ham nazarda tutilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling