Nukusda birinchi Fransuz madaniyati oyligi boshlandi

2025-yil 27-oktyabrdan 30-noyabrgacha Nukusda ilk bor Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan Fransiya madaniyati oyligi bo‘lib oʻtadi.
Bir oy davomida Qoraqalpog‘iston poytaxti aholisi va mehmonlarini ko‘rgazmalar, konsertlar, mahorat darslari va Fransiyadan kelgan rassomlar, rejissyorlar va musiqachilar bilan ijodiy uchrashuvlar kabi dasturlar kutmoqda.

Loyiha shaharning koʻzga koʻringan muassasalari — Savitskiy nomidagi muzey, Nukus konservatoriyasi, San’at va madaniyat instituti, Berdaq teatri, Badiiy akademiya va qator ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Nukusda Fransiya madaniyati birinchi oyligining dasturi:
- 27−31 oktabr kunlari Nukus shahridagi 1-sonli maktabda — umumta’lim maktablari o‘quvchilari uchun hujjatli filmlar haftaligi.
Hujjatli filmlarga bag‘ishlangan ushbu tematik haftalik yuqori sinf o‘quvchilariga fransuz hujjatli filmlarining xilma-xilligini kashf etish va o‘z hujjatli filmlarini yaratish imkonini beradi.
Sessiyalarni ma’ruzachi va hujjatli filmlar bo‘yicha mutaxassis Lyuk Toven olib boradi.
- 5−30 noyabr kunlari Nukus sanʼat maktabida — “Fransiyaga oʻzbek nigohi” fotokoʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
O‘zbekistonlik yosh fotograflar tomonidan olingan suratlar turkumi ularning zamonaviy Fransiya haqidagi tasavvurlarini aks ettiradi.
Fotosuratchi Bobur Alimxo‘jaev maktab o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tkazadi.
-
5−9 noyavr kunlari, Savitskiy nomidagi muzey — Nukusda raqamli kuz.
Nukusda birinchi marta taqdim etilgan ushbu immersiv san’at festivali Less Media, Vronica va Moc Creative bilan hamkorlikda virtual reallik (VR) koʻrgazmasini taqdim etadi.
- 15−30 noyabr kunlari Nukus shahri ko‘rgazmalar zalida “Orol dengizi: xotira va ulug‘vorlik” ateroko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Fransiyalik fotograf va o‘qituvchi Erik Gurlan Orol dengizi qirg‘oqbo‘yi manzaralari go‘zalligiga bag‘ishlangan asarini taqdim etadi va keng jamoatchilikni fotografiya, xususan, taqdim etilgan fotosuratlarda texnikasi aks etgan o‘zbek kashshofi Xudoybergen Devonov merosiga bag‘ishlangan davra suhbatida ishtirok etishga taklif qiladi.
-
17−20 noyabr kunlari Nukus konservatoriyasida “Trielen” triosining konsertlari va mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
“Trielen” triosi Nukus konservatoriyasi talabalari bilan puflab chalinadigan cholg‘u asboblarini chalish texnikasiga bag‘ishlangan konsert va ma’rifiy uchrashuvlar o‘tkazadi.
- 26−28 noyabr kunlari Berdaq teatrida Natali Konio bilan uchrashuvlar va mahorat darslari bo‘lib o‘tadi.
Rejissyor va o‘qituvchi Natali Konio San’at va madaniyat instituti talabalari hamda Berdaq teatri yosh aktyorlari uchun bir qator mahorat darslari o‘tkazadi. Uch kunlik jadal ishdan so‘ng u Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ko‘magida 2026-yil iyul oyida Avinyon shahrida bo‘lib o‘tadigan OFF festivalida ishtirok etish uchun bir yoki ikkita alohida faol ishtirokchini tanlaydi.
- 27 va 28-noyabr, Nukus konservatoriyasi — yakkaxon konsert va pianino mahorat darslari — Maksim Zekchini
Fransiyalik pianinochi Maksim Zekkini Fransiya madaniyatining birinchi oyini konservatoriya talabalari uchun konsert va o‘quv mashg‘ulotlari bilan yakunlaydi.
Fransiya elchixonasi ta’kidlashicha, ushbu madaniyat oyligi fransuz-o‘zbek madaniy muloqotini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘lib, tajriba almashish va o‘zaro ilhom olish uchun platforma bo‘lib xizmat qiladi.