Toshkentda issiq suv va issiqlik ta’minoti tariflari oshiriladi
E’lon qilingan sana: · 39

Toshkent shahar hokimining 27-oktabrdagi qaroriga binoan, poytaxtda issiq suv va issiqlik ta’minoti xizmatlari tariflari oshirildi.
Aholi uchun narxlar 15 foizga, yuridik shaxslar uchun esa 40 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, bazaviy va byudjet tashkilotlari uchun ham tariflar oshgan.
Yangi tarif narxlari 2025-yil 12-noyabrdan boshlab amal qiladi.
Yangi tariflar (QQSsiz):
- bazaviy tarif —664 465 soʻmdan 711 641 so‘m/Gkal;
- aholi uchun — 121 617 soʻmdan 139 860 so‘m/Gkal;
- byudjet tashkilotlari uchun — 801 963 soʻmdan 952 797 so‘m/Gkal;
- yuridik shaxslar uchun — 244 497 soʻmdan 342 296 so‘m/Gkalga oshgan.
Eslatib oʻtamiz, isitish va issiq suv ta’minoti uchun to‘lovlar alohida ko‘rsatiladi. “Veolia Energy Tashkent” saytida shaxsiy kabinetga qo‘shilgan yangi xususiyat orqali har bir xizmat uchun to‘lov miqdori alohida tarzda aks etadi.