Mirobod bozori atrofi obodonlashtirladi, hududda favvora paydo boʻladi
E’lon qilingan sana: · 94

Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozori (“Gospitalniy”) atrofi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlandi, deya xabar bermoqda Mirobod tumani hokimligi axborot xizmati.

Ta’kidlanishicha, bozor atrofini zamonaviy qiyofaga keltirish va fuqarolar uchun qulay muhit, xususan, piyodalar uchun qulay, toza va xavfsiz maskan yaratiladi.

Tuman hokimligi hududdagi daraxtlar kesilmasligini va’da qilmoqda. Aksincha, hududda yangi ko‘chatlar ekilib, yashil maydonlar kengaytiriladi.

Rekonstruksiya ishlari bir oy ichida yakunlanishi rejalashtirilgan. Bozor faoliyati ishlar davomida ham belgilangan tartibda davom etadi.

Tuman hokimligi fuqarolardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘radi.