Toshkentda ilk bor avtomotosport boʻyicha "FIA Awards" marosimi oʻtkaziladi

E’lon qilingan sana· 152
Toshkentda ilk bor avtomotosport boʻyicha "FIA Awards" marosimi oʻtkaziladi

Toshkent shahrida 9−12 dekabr kunlari ilk bor avtomotosport boʻyicha “FIA General Assembly” va “FIA Awards” marosimlari oʻtkaziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu tadbir doirasida Oʻzbekistonga 149 mamlakatdan 500 dan ortiq yuqori martabali delegatlar va FIA federatsiyalari vakillari, shuningdek, 100 dan ortiq professional poygachilar tashrif buyuradi.

Shuningdek, Toshkent ilk bor avtosport yirik tadbirlardan biri — “FIA Gala"ga mezbonlik qiladi. Bu marosimda turli avtomotosport chempionatlari g‘oliblari taqdirlanadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling