Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

E’lon qilingan sana: · 59
Oʻzbekistonda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushadi?

Milliy statistika qoʻmitasi hududlarda bir kilogramm osh tayyorlash qanchaga tushishi haqida ma’lumotlarni e’lon qildi. Qayd etilishicha, raqamlar yaxlitlab hisoblangan.

2025-yilning oktyabr oyi holatiga koʻra, hududlar kesimida hisoblangan qiymatlar quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston R. — 100 196 so‘m
  • Andijon viloyati — 107 407 so‘m;
  • Buxoro viloyati — 110 043 so‘m;
  • Jizzax viloyati — 111 628 so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 113 693 so‘m;
  • Navoiy viloyati — 111 410 so‘m;
  • Namangan viloyati — 111 027 so‘m;
  • Samarqand viloyati — 114 836 so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 113 704 so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 106 834 so‘m;
  • Toshkent viloyati — 115 130 so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 117 746 so‘m;
  • Xorazm viloyati — 108 758 so‘m;
  • Toshkent shahri — 119 423 so‘m.

Ushbu hisob-kitoblar bir kilogramm osh tayyorlash uchun kerak boʻladigan mahsulotlar narxi hisoblangan. Bunda quyidagilar hisobga olingan:

  • kungaboqar yog‘i — 0,3 l;
  • piyoz — 300 gr;
  • mol go‘shti — 700 gr;
  • sabzi — 1 kg;
  • guruch — 1 kg;
  • no‘xat — 100 gr;
  • zira — 10 gr;
  • osh tuzi — 20 gr.

Qo‘mita yuqoridagi raqamlar hududlarda sotilayotgan bir kilogramm palovning narxiga to‘g‘ri kelmasligi, ularda palov tayyorlash va boshqa xizmatlar haqi ham qo‘shib hisoblanishini qo‘shimcha qilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling