AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish tartibi joriy etildi
E’lon qilingan sana: · 62

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2025-yil 3-noyabrda imzolangan PF-203-sonli farmonga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan boshlab AQSh fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish huquqiga ega bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, amerikalik sayyohlar O‘zbekiston hududida kirgan kundan boshlab 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin.
Mazkur qaror ikki davlat o‘rtasidagi turizm, iqtisodiy hamkorlik va madaniy almashinuvni yanada rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.