CHOPON FEST 2025

Navro‘z bog‘ida milliy an’analar, moda va zamonaviy san’atni o‘zida jamlagan “CHOPON FEST 2025” festivali bo‘lib o‘tadi.
Festivalning markaziy mavzusi oʻzbek madaniyatining eng yorqin timsollaridan biri boʻlgan chopon boʻladi. Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, CHOPON FEST shunchaki bayram emas, balki bunyodkorlik, yangilanish va oldinga intilish ruhini aks ettiruvchi Yangi O‘zbekistonning madaniy bayonotidir.
Mehmonlar milliy choponlar koʻrgazmasiga tashrif buyurishadi, unda an’anaviy liboslar zamonaviy uslubning elementi va dizayn san’ati asari sifatida yangicha koʻrinishda taqdim etiladi. Festival moda, musiqa va tasviriy san’atni birlashtirib, ijodkorlar hamda mamlakatning milliy madaniy brendini rivojlantirish va targ‘ib qilishga intilayotgan barchaga imkoniyat yaratadi.
Kirish bepul.
