Jahongir Latipov Aleksandr Orlov bilan Toshkentda restoran ochmoqda

E’lon qilingan sana· 103
Jahongir Latipov Aleksandr Orlov bilan Toshkentda restoran ochmoqda

Inflyuyenser va intervyuver Jahongir Latipov rossiyalik restorator Aleksandr Orlov bilan birgalikda Toshkent markazida yangi restoran ochishga hozirlik koʻrmoqda. Restoran “Salama” deb nomlanadi va u “Moviy gumbazlar” xiyobonida joylashadi.

Mazkur restoran turli oshxonalarni oʻzida birlashtiradi, aynan biror milliy oshxonaga moʻljallangan boʻlmaydi. Rejaga koʻra, u bir vaqtning oʻzida 250 dan ziyod mehmonga xizmat koʻrsata oladi. Uning ichki zalidan tashqari, oʻzining verandasi ham boʻladi.

Asoschilarning ta’kidlashicha, restoran dekabr oyi oʻrtalariga, “taxminan 20-dekabrlarga” ochiladi. “Umid qilamizki, Yangi yil bayramida mehmonlarga xizmat koʻrsatamiz”, — deydi ular videoda.

Restoranning Instagram sahifasida qayd etilishicha, restoran Sharof Rashidov koʻchasi, 77-uyda joylashgan. Ushbu manzil “Moviy gumbazlar” xiyobonida joylashgan boʻlib, xuddi shu nomli restoran bilan yonma-yon.

Eslatib oʻtamiz, Aleksandr Orlovga qarashli “Sun Group Asia” kompaniyasi Toshkentdagi bir nechta, jumladan, Nika, TKH, Cucucina va Manana restoranlariga egalik qiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling