Toshkent metro bekatlarida mini-kutubxonalar ochildi

“Toshkent metropoliteni” yangi loyihani ishga tushirdi, bir million kishi uchun m’ljallangan eng sara kitoblar bilan ta’minlangan mini-kutubxonalar metro bekatlarida ochildi.
Hozirda kitob javonlari yettita bekatda — “Turkiston”, “Buyuk Ipak yo‘li”, “Beruniy”, “Chilonzor”, “Mingurik”, “Toshkent” va “Do‘stlik"da mavjud, biroq ular tez orada poytaxtning barcha metro bekatlarida paydo bo‘ladi.
Endi yo‘lovchilar istalgan kitobni olib, yo‘lda o‘qishlari va keyingi bekatga tushirishlari mumkin. Loyiha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Transport vazirligi va “Toshkent metropoliteni” qo‘shma korxonasi tomonidan amalga oshirilmoqda. Uning tashabbuskorlari uni “poytaxtning million aholisi uchun noyob kutubxona” deb atashadi. Fikr oddiy: odamlar kutubxonaga bora olmasalar, kutubxona ularga keladi.
Loyiha gadjetlar asrida kitobxonlik qanchalik qadrli ekanini eslatib o‘tishga qaratilgan: telefon tasmasini varaqlash o‘rniga, yo‘lda kitob ochib, kamida bir necha sahifani o‘qish mumkin.
“Oz-oz oʻrganib dono boʻlur, qatra-qatra yigʻilib daryo boʻlur”, deb ta’kidlaydi tashabbus mualliflari.