Toshkentning ayrim koʻchalarida vaqtincha transport harakati cheklanadi

E’lon qilingan sana· 271
Toshkentning ayrim koʻchalarida vaqtincha transport harakati cheklanadi

Toshkent shahrida 14−17 noyabr kunlari bir qator yirik xalqaro tadbirlar o‘tkazilishi munosabati bilan ayrim yo‘llarda transport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

15-noyabr

  • 14:00−19:00 — Abdulla Qodiriy-Ganga ko‘prigi kesishmasidan Abdulla Qodiriy, Qorasaroy va Zarquynar chorrahasigacha bo‘lgan yo‘l yopiladi. Aylanma yo‘l: Sebzor va Nurafshon ko‘chalari.

  • 09:00−19:00 — Abdulla Qodiriy-Qorasaroy chorrahasidan Nurafshon-Qorasaroy chorrahasigacha harakat cheklanadi. Aylanma yo‘llar: Qorasaroydan Kichik halqa yo‘li, Nurafshondan Sebzor yo‘nalishi.

16-noyabr

  • 10:00−15:00 — Islom Karimov-Botir Zokirov chorrahasidan Furqat ko‘chasi chorrahasigacha bo‘lgan qism vaqt-vaqti bilan yopiladi. Aylanma yo‘llar: Botir Zokirov — Alisher Navoiy, Olmazor — Beshyog‘och.

  • 09:00−15:00 — Islom Karimov-Furqat chorrahasidan Xadra maydonigacha Furqat ko‘chasining ikkinchi darajali qismi yopiladi. Aylanma yo‘llar: Alisher Navoiy va Islom Karimov ko‘chalari.

Shuningdek:

  • Yuk avtomobillarining Toshkentga kirishi cheklanadi.
  • Shahar ichida yuk mashinalarining harakati to‘xtatiladi.
  • Vodiy-voha yo‘nalishidagi tranzit transport vositalari aylanma yo‘llarga yo‘naltiriladi.
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling